Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 28-oktabr
Capuz — o‘zbekcha videolarga avtomatik subtitr qo‘yadigan ilova. Bu sahifa qaysi ma’lumotlar qayerga
borishini va qancha saqlanishini tushuntiradi.
1. Video telefoningizdan chiqmaydi
Video faqat qurilmangizda qayta ishlanadi: tahrirlash va eksport telefonning o‘zida bajariladi.
Serverga videoning faqat ovozi (siqilgan audio) yuboriladi.
2. Audio va subtitr matni
- Audio faqat nutqni matnga aylantirish uchun ishlatiladi va ish tugashi bilan serverdan o‘chiriladi.
- Tayyor matn ilovaga yuborilgach serverdan o‘chiriladi; olinmay qolgan natija ko‘pi bilan 6 soatda avtomatik o‘chadi.
- Audio va matn reklamaga, sotishga yoki sun’iy intellekt modellarini o‘qitishga ishlatilmaydi.
3. AI ovoz (“Ovozlarim”)
- AI ovoz uchun yozgan matningiz ovozga aylantirish uchun ElevenLabs (ElevenLabs Inc.) xizmatiga yuboriladi.
- Yaratilgan audio, uning so‘z vaqtlari va matni “Ovozlarim” bo‘limida siz o‘chirmaguningizcha serverda
saqlanadi — telefon almashsa ham qayta yuklab olishingiz va matnni tahrirlab qayta yaratishingiz uchun.
Bu — biz yaratgan fayl, sizning yozilgan ovozingiz emas.
- Ovozni ilovada o‘chirsangiz, audio va matn serverdan darhol o‘chadi; narx va belgi soni hisob-kitob uchun qoladi.
- Matn va audio reklamaga, sotishga yoki sun’iy intellekt modellarini o‘qitishga ishlatilmaydi va log qilinmaydi.
4. Hisob ma’lumotlari
- Sign in with Apple: Apple bergan anonim identifikator, va agar ruxsat bersangiz — ism va email
(Apple’ning yashirin “relay” emaili ham bo‘lishi mumkin).
- Google bilan kirish: Google hisobingiz identifikatori, ismingiz va emailingiz.
- Qurilma identifikatori: shu ilovaga xos tasodifiy identifikator (iPhone’da ilova o‘zi yaratadi,
Android’da tizimning ANDROID_ID qiymati) — hisob bir vaqtda bitta qurilmada ishlashi uchun. U reklama
identifikatori emas va boshqa ilovalar bilan bog‘lanmaydi.
- Tarif va sarf: tarifingiz, uning muddati, har bir subtitr ishining davomiyligi va vaqti — limitlarni
hisoblash uchun. Videoning nomi, mazmuni yoki matni bu yerda saqlanmaydi.
- Kirish tokenlari: qurilmada Keychain’da; serverda faqat ularning xeshi.
5. To‘lovlar
To‘lov Click (my.click.uz) sahifasida amalga oshadi. Karta ma’lumotlari Capuz’ga kelmaydi —
biz faqat to‘lov summasi, tarif, holati va Click tranzaksiya raqamini saqlaymiz (hisob-kitob uchun).
6. Qayerda qayta ishlanadi
So‘rovlar Cloudflare orqali o‘tadi va Capuz serverlarida (Hetzner Online GmbH serveri hamda loyiha egasining
O‘zbekistondagi kompyuteri) qayta ishlanadi; AI ovoz matni — ElevenLabs serverlarida. Ma’lumot uchinchi shaxslarga sotilmaydi va berilmaydi,
qonun talab qilgan holatlar bundan mustasno.
7. Hisobni o‘chirish
Ilovada: Profil → Hisobni o‘chirish. Hisob, kirish tokenlari, sarf tarixi va “Ovozlarim” (audio va matnlar)
darhol o‘chiriladi.
To‘lov yozuvlari buxgalteriya uchun saqlanib qoladi, lekin hisobingizga bog‘lanmaydi.
8. Bolalar
Capuz 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallanmagan va ulardan ataylab ma’lumot to‘plamaydi.
9. O‘zgarishlar va aloqa
Siyosat o‘zgarsa, shu sahifa yangilanadi va sana o‘zgaradi. Savollar: [email protected]